30 daqiqalik konsultatsiya
30 daqiqalik konsultatsiya (jonli suhbat) xizmatidan foydalanish tartibi
Kanada vizasiga topshirish uchun 2 xil konsultatsiya suhbatlarini tashkil qilganmiz.
Birinchisi bepul bo'lib, har hafta bir marta jamoaviy tarzda telegram orqali o'tkaziladi. Savolni suhbat davomida shaxsan berish imkoniyati bo'lmaydi. Chunki bepul bo'lgani uchun umumiy masalalar muhokama qilinadi va kamida 10 nafar mijoz bilan o'tkaziladi. Savollarni esa oldindan sizga yuboriladigan google form orqali yuborish imkoniyati taqdim etiladi. Faqatgina aynan qaysidir viza yo'nalishi bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi. Viza olish bilan bog'liq bosqichlar tushuntiriladi.
Ikkinchisi esa 30 daqiqalik individual pulli konsultatsiya (jonli suhbat) xizmati. Onlayn tarzda yakkama yakka tashkil qilinadigan suhbatda o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topishingiz mumkin.🔑 Aynan sizning holatingizdan kelib chiqib, vaziyatingizga huquqiy baho beriladi. Siz va bizga qulay vaqtga qo'yib beriladi o'zaro kelishilgan holatda. Watsapp, telegram yoki Zoom orqali o'tkaziladi sizning tanlovingizga qarab.
30 daqiqalik individual konsultatsiya (jonli suhbat) xizmatidan foydalanish tartibi:
Xabaringiz bor, bugungi kunda individual konsultatsiya olish narxi anchagina baland. Lekin, yurtdoshlarimizda daromad miqdori unchalik yuqori emas. Biz yo'lga qo'gan faoliyat asosan o'rtahol insonlar uchun bo'lib, Kanadaga ketish istagi baland, lekin qanday qilib ketishni bilmay yurganlarga mo'ljallangan.
Hamma ham o'z moliyaviy hayotini o'zgartirish uchun chet elga harakat qilish niyatida bo'ladi. Shaxsan o'zim ham yaxshi eslayman, Kanadaga viza olish uchun hujjatlarimni tayyorlashni boshlaganimda arzonroq narxda konsultatsiya bera oladigan odamni topa olmaganim uchun ham kelajakda o'zim shu ishga qo'l urishni niyat qilib qo'ygan edim. Mana nixoyat shunday kunlarga erishdik. Inson o'z bilimi va tajribasini boshqalarga ulashsa ham o'ziga savob oladi ham boshqalarga foydasi tegadi.
Avvalo bir narsani yaxshi anglashimiz kerak. Kanadaga harakat qilmoqchi bo'lgan inson xarajat qilmasidan iloji yo'q. Bilasiz, chet elda har bir daqiqa g'animat, siz bilan bajonudil erinmasdan birga-bir bepul suhbatlashgan bo'lardim, lekin musofirchilikda shunchaki vaqtni havoga uchirish to'g'ri emas. Bu mamlakatga kelish uchun ancha muncha vaqt, asab, mehnat va xarajat sarflaganmiz. Kanada va boshqa rivojlangan davlatlarda har bir daqiqadan unumli foydalamasangiz bo'lmaydi, chunki mehnatingiz uchun soatiga haq to'lanadi.
Suhbat vaqti bo'yicha kelishib olishdan avval barcha savollaringizni yig'ib 📝 yozib qo'yishni tavsiya qilamiz. Savol-javob jarayonida shoshilib qolmaslik uchun. ⏳ Konsultatsiyadan so'ng sizga aynan qaysi viza turi 🪪 to'g'ri kelishi, harakatni nimadan boshlash zarurligi va keyingi qadamlar 👣 qanday bo'lishi bo'yicha yakuniy qarorga kela olasiz. Suhbatdan so'ng Kanada haqidagi barcha haqiqatlarni bilib olasiz va xattoki Kanada haqidagi dunyoqarashingiz mutlaqo o'zgarishi ham mumkin. Sababi ochiqchasiga real haqiqatlarni muhokama qilamiz. Kanadaga qanday qilib bo'lmasin kirib olishning amalda ishlaydigan usullarini holatingizdan kelib chiqib aniqlab olamiz. Yaqin kelajak uchun strategiya tuzib olish va katta-katta va'da beruvchi firibgarlardan ogoh bo'lishingiz uchun ham amalda Kanada hududida yashayotgan insondan real vaziyatni bilib olish muhim.
Qaysi konsultatsiyaga yozilmoqchi bo'lsangiz menga bu haqda telegram orqali yozib qo'ying. Iltimos, bo’lar-bo’lmas masalada suhbatga yozilmang. Faqatgina viza uchun jarayonni boshlash niyatingiz bo’lsa, ishni boshlashdan oldin batafsil suhbatlashib olish uchun tashkil qilinadi konsultatsiya suhbati. Tushunganingiz uchun raxmat.