
Men haqimda...
Alimardon
1992-yil Angren shahrida tug'ilgan. 2012-2016-yillar davomida Toshkent davlat Yuridik universiteti "Xalqaro huquq" yo'nalishida tahsil olgan. 2016-2023-yillar davomida O'zbekistonda Adliya va Moliya tizimlarida huquqshunos sifatida faoliyat ko'rsatgan.
​
2023-yil Kanadaga ko'chib o'tgan va Yukon universitetida "Multimedia Communication" yo'nalishida tahsil olgan. Aynan shu yili "Northern Gateway Immigration Services Inc." kompaniyasida litsenziyaga ega immigratsion konsultant Reynaldo Concepcionga (litsenziya raqami: R531671) shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) yordamchi-assistent bo'lib ish faoliyatini boshlagan. Hozirda mazkur kompaniya "Ilumino Immigration Consulting Inc" deb nomlanadi.
​
Uylangan, ikki nafar farzandi bor. Bugungi kunda Kanada shimolida joylashgan Yukon viloyatida oilasi bilan yashaydi. Shu kunga qadar ko'plab yurtdoshlarimizga immigratsion konsultant bilan birgalikda Kanadaga viza olishda amaliy yordam berib kelmoqda.
